
Ehtiyotkorlik choralari va tavsiyalar
!
Kir yuvish mashinasi xalqaro havfsizlik bo'yicha
normativlar asosida loyihalashtirilgan va ishlab chiqarilgan.
Havfsizligingiz maqsadida tuzilgan mazkur ogohlantirish
bilan tanishib chiqing.
Havfsizlik bo’yicha umumiy talablar
• Mazkur mahsulot faqat uyda foydalanish uchun
mo’ljallangan.
• Harakati cheklangan, his etish qobiliyati past, aqlan zaif
shaxslarga (bolalarga ham) mashinadan foydalanishni
man eting, faqat ularning havfsizligiga javo/jointfilesconvert/769697/bgar shaxslar
nazorati ostida va ularning tushuntirishlaridan so’ng
bo'lgan xolda mashinadan foydalanish mumkin.
Bolalarga mashina bilan o'ynashga ruhsat bermang.
• Qo’l-oyoqlaringiz nam bo’lsa yoki oyoq yalang
bo'lsangiz mashinaga yaqinlashmang va
ishlatmang.
• Mashinaning shtepsel vilkasini tarmoqdagi rozetkadan
olish uchun tarmoq kabelini tortmang, vilkasidan ushlang.
• Mashina ishlab turganida kir yuvish kukuni bilan
to’ldirish joyini ochmang.
• Kir suvni oqizmoqchi bo’lganingizda ehtiyot bo’ling,
chunki suv juda issiq bo’lishi mumkin.
• Qopqoqni kuch bilan ochish man etiladi, aks xolda
nogahon ochilib qolishdan himoyalovchi
mexanizmini ishdan chiqarishingiz mumkin.
• Nosoz mashinani mustaqil tuzatish maqsadida ichki
mexanizmlarni ochish qat'iyan ta’qiqlanadi.
• Ishlab turgan mashinani oldiga bolalarni
keltirmang.
• Kir yuvish jarayonida qopqoq qizib ketishi mumkin.
• Kir yuvish mashinasining joyini o’zgartirish ehtiyoji
tug'ilsa, uni 2-3 kishi bilan ehtiyotlik bilan ko’taring, chunki
u 1 kishi uchun juda og’ir.
• Kirlarni mashinga solishdan avval baraban bo'sh
ekanligiga ishonch hosil qiling.
Kirni balans qilish tizimi
Har safar siqishdan oldin ortiqcha vibrasiyadan saqlash
uchun, hamda barabanda kir bir maromda joylanishi uchun
mashina kir yuvish tezligidan bir oz yuqori tezlikda
aylantiradi. Agar bir necha urinishdan keyin ham kir yaxshi
joylanmasa, mashina mo’ljallangandan sustroq tezlikda
siqishni bajaradi. Kirlar me’yoridan ortiq bo’lsa mashina
siqish funksiyasini o’rniga kir taqsimlash vazifasini bajaradi.
Kirlarni to’g’ri taqsimlanishi maqsadida kichik hajmdagi
narsalarni katta narsalar bilan aralashtirish tavsiya qilinadi.
Utilizasiya
• O’ram materiallarini yo’q qilish: o’ram materiallariga qayta
ishlov berish maqsadida mahalliy normativlarga amal qiling.
• Elektron va elektr asbob-uskunalar bo’yicha 2012/19/ EU
Yevropa Direktivasiga asosan elektrmoslamalar shahar
axlatiga tashlab yuborilmasligi kerak. Ishdan chiqqan
elektrmoslamalar aloxida to'planishi lozim, ularning tarkibiy
qismlari atrof-muhit va sog'lig’imizga ziyon yetkazmasligi
maqsadida utilizasiya va rekuperasiya qilinishi kerak. Har
bir moslamada mavjud bo'lgan «chizib tashlangan axlat
idish» belgisi ushbu narsalarni aloxida utilizasiyasi haqida
bir eslatmadir. Maishiy elektrmoslamalarni utilizasiyasi
haqida to'liq ma'lumotga ega bo’lish uchun iste'molchilar
ikkilamchi xomashyoni yig’uvchi maxsus markaziga yoki
do'konga murojaat qilishlari mumkin.
:
1.
Comentarios a estos manuales